Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri o’quv binosining ochilish marosimida ishtirok etib, rejadagi loyihalar bilan yaqindan tanishdi

Xabaringiz bor, bugun Samarqand shahridagi yoshlar markazida Samarqand viloyati ta'lim tizimida olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish va 2022-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarga bag’ishlangan  yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ishchi guruhi tomonidan Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari faoliyatini tahliliy-tanqidiy o‘rganish maqsadida tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Hamidovich Toshqulov, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulug‘bek Negmatovich Tashkenbayevlar xizmat safari davomida Samarqand davlat chet tillar institutining Samarqand shahri Gagarin ko‘chasi 43-uy manzilidagi 1000 o‘ringa moslashgan 4 qavatli o‘quv binosining tantanali ochilish marosimida ishtirok etishib, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

Samarqand davlat chet tillar institutining o’z mablag’lari hisobidan ajratilgan qariyb 7 millaiard so'm evaziga rekonsturksiya qilingan mazkur bino bugungi kun talablariga mos jihozlangan bo’lib, unda xitoy, arab, koreys, yapon til va madaniyat markazlari tashkil etilgan. Ushbu markazlar til yo’nalishlari bo’yicha barcha o’quv adabiyotlari va darsliklar bilan boyitilgan. Markazlar joylashgan bino devorlarida yuqorida sanab o’tilgan Sharq mamlakatlarining urf-odatlari, madaniyati va an’analari aks ettirilgan. Ahamiyatli jihati shundaki, har bir o’qitiladigan tillar bo’yicha xorijlik mutaxassislar jalb qilingan bo’lib, ular dars mashg’ulotlarni o’z tillarida olib borishadi.

Shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov hamda viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari rektorlari Samarqand davlat chet tillar institutining hozirda qurilish jarayoni davom etayotgan 500 o’rinli talabalar turar joyi va 3 qavatli ARM binosi, qayta ta’mirdan chiqarilayotgan 300 o’rinli talabalar turar joyi hamda qurilish ishlari boshlab yuborilgan 1500 o’rinli o’quv binosi loyihalari bilan yaqindan tanishdi.

Share:
2022-03-17 15:16:58 1015