Talaba-yoshlar uchun yangi ish o’rinlarini yaratish borasida rejalar belgilab olindi

Talaba-yoshlarni ish bilan ta’minlash hamda ularga yetarli darajada imkoniyat va qulayliklar yaratib berish, qo‘shimcha ish o‘rinlarini joriy qilish, shu bilan birga ularning tadbirkorlik sohasida faoliyat boshlashlari hamda muntazam ravishda bandligini ta’minlash borasida respublikamizda tizimli ishlar yo’lga qo’yilib kelinmoqda.

Shu munosabatda Samarqand davlat chet tillar institutida ham salmoqli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, institut rahbariyati vakillari, bo’limlar boshliqlari, fakultetlar dekanlari va dekanlar o’rinbosarlari ishtirokida o’tkazilgan yig’ilishda institutda tahsil oluvchi talaba-yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, ularni ish bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Jarayon doirasida ishga muhtoj talabalarni aniqlash va ularni ishga joylashtirish, davlat tashkilotlarida bo‘sh ish o‘rinlarining mavjudligi aniqlab, ular bilan hamkorlikda ish olib borish, institutda mavjud til o’qitish markazlari faoliyatini kengaytirish orqali bo’sh ish o’rinlari yaratish, talabalar turar joyida istiqomat qiladigan talabalar va ularning ota-onalari ishtirokida so’rovnoma o’tkazish, shuningdek, ota-onalar takliflariga binoan farzandlarining bandligini ta’minlash kabilar borasida rejalar belgilab olindi.

Jumladan, institutning hamkorliklari doirasidagi sohalar, ya’ni ta’lim, xizmatlar ko’rsatish, ishlab chiqarish, maktablar faoliyati, turizm kabi sohalar faoliyatini kengaytirish bilan birgalikda ish o’rinlarini yaratish, shuningdek, yaratilgan ish o’rinlariga talaba-yoshlarni jalb etish orqali ularni ish bilan ta’minlash kabi masalalar yuzasidan mutasaddilarga ko’rsatma va topshiriqlar berildi.

Share:
2022-03-19 08:49:06 143