“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”ga asosan va unda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti vakillari Samarqand davlat chet tillar institutiga kelishdi va bunda institutning 4-bosqich, ya’ni bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashishdi.
Jarayon doirasida Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining o'quv ishlari bo'yicha prorektori doktor Maykl Klark tomonidan taqdimot o’tkazildi. Taqdimot davomida magistratura bosqichiga kirish talablari va yo‘nalishlarini tanishtirish bilan bir qatorda ta’lim jarayonlari, talaba-yoshlar uchun yaratilgan imkoniyat va qulayliklar, xalqaro hamkorlik aloqalari, talabalar hayoti hamda yutuqlari kabilar to’g’risida Samarqand davlat chet tillar instituti talabalariga batafsil ma’lumot berib o’tildi.
Taqdimot so’ngida talabalar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti mutasaddilari tomonidan berilgan atroflicha javoblarga ega bo’lishdi.









English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
