Narpay Xorijiy tillar fakulteti talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi

Hozirda Samarqand viloyatining Narpay tumanida Samarqand davlat chet tillar institutining “Xorijiy tillar” fakulteti faoliyatini davom ettirmoqda. Mazkur fakultetda 100 ga yaqin talaba-yoshlar tahsil olmoqda. Husniddin Mamaniyozov fakultet dekani lavozimida faoliyat ko’rsatmoqda.

Institutning Ingliz tili I fakulteti dekani Anvar Ismoilov hamda ilmiy va xalqaro aloqalar bo'yicha dekan o'rinbosari Asqar Abdullayevlar birgalikda Narpay Xorijiy tillar fakultetida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashishdi. Uchrashuv davomida o’quv jarayonlarida muntazam ishtirok etish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol bo’lish, ilmiy-amaliy konferensiyalar hamda turli xil xalqaro va respublika tanlovlarida faol qatnashish lozimligi to’g’risida tushuncha va ko’rsatmalar berib o’tildi.

Shuningdek, Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan institut rahbariyati tomonidan tashkil etilgan sovg’alarni dekan Anvar Ismoilov institut rektori Ilhomjon To’xtasinov nomidan fakultetda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarga tuhfa qildi.

Share:
2022-03-19 09:40:05 138