Xabaringiz bor davlatimiz rahbari tomonidan talaba-yoshlarni ish bilan ta’minlash hamda ularga imkoniyat va qulayliklar yaratib berish borasida mutasaddilarga bir qator vazifalar belgilab berilgan edi.
Ko’zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov ishtirokida rahbariyat vakillari Roman-german tillar fakultetida tahsil oluvchi talaba-yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, ularni ish bilan ta’minlash masalalariga bag’ishlangan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Jarayon doirasida ishga muhtoj bo’lgan talabalar institutda, shuningdek, institut bilan hamkorlikda ish olib borayotgan turli davlat tashkilotlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari va mavjud til o’qitish markazlariga yo’naltirildi. Bundan tashqari, ular ta’lim, xizmatlar ko’rsatish, ishlab chiqarish, umumta’lim maktablari, turizm kabi turli sohalarda ham faoliyat olib borishlari mumkin.

.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
