SamDCHTI va "Edu-Action" markazi o'zaro hamkorlikda ingliz tili o'qituvchilari uchun mo'ljallangan TKT testlarini tashkil etishga kelishildi. Joriy yilning 17-mart kuni SamDCHTIda institut rektori I.Tuxtasinov va "Edu-Action" markazi direktori A.Axrorxodjayevlar bilan tashkil etilgan uchrashuvda muzokara o'tkazildi va o'zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Shuningdek, uchrashuvda o'qituvchilar uchun TKT testlariga tayyorlov kurslarini tashkil etish bo'yicha Samarqand shahridagi "LEADER" o'quv markazi direktori A.Baqoyev bilan ham kelishuvga erishildi.
Uchrashuv yakunida SamDCHTI o'qituvchilari uchun TKT sertifikati, unga tayyorgarlik ko'rish, test topshirish tartiblari va uning afzalliklari to'g'risida "Edu-Action" markazi va "LEADER" o'quv markazi tomonidan taqdimot va seminar tashkil etildi.
Bugungi kunda xalqaro til bilish darajasi sertifikatiga ega bo'lish zamon talabi bo'lib bormoqda. Shu bilan birga, til bilish darajasi sertifikatiga ega bo'lgan talabalarga bugungi kunda ko'plab imtiyozlar berilmoqda. Xorijiy til o'qituvchilariga esa til bilish sertifikatiga ega bo'lish majburiyati qo'yilmoqda. Shuningdek, TKT sertifikatiga test topshirish bo'yicha batafsil ma'lumot uchun SamDCHTI xalqaro hamkorlik bo'limiga murojaat qilishingiz mumkin.

.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
