Qurilish va qayta ta’mirdan chiqarish ishlari ko’zdan kechirildi

Yurtimizda talaba-yoshlarning sifatli ta’lim olishlari, yuksak qobiliyat sohiblari bo’lib yetishishlari hamda kelajakda o’z Vataniga munosib farzand bo’lishlari uchun davlatimiz, xususan, yurtboshimiz tomonidan salmoqli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Bu borada Samarqand davlat chet tillar institutida ham tizimli ishlar yo’lga qo’yilgan. Jumladan, avval xabar qilganimizdek, qator islohotlar, innovatsion loyihalarning amalga oshirishi bilan bir qatorda qurilish va qayta-ta’mirdan chiqarish ishlari ham olib borilmoqda.

Samarqand davlat chet tillar institutining Sharq tillari hamda Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetlari joylashgan Samarqand shahri Gagarin ko‘chasi 43-uy manzilidagi 1000 o‘ringa moslashgan 4 qavatli o‘quv binosi to‘liq mukammal qayta ta’mirdan chiqarildi va mazkur o’quv binosining tantanali ravishda ochilish marosimi ham o’tkazildi.

Shuningdek, rektor Ilhomjon To’xtasinov ishtirokidagi institut mutasaddilari ayni kunlarda qurilish jarayoni davom etayotgan 500 o’rinli talabalar turar joyi, qayta ta’mirdan chiqarilayotgan 300 o’rinli talabalar turar joyi hamda qurilish ishlari boshlab yuborilgan 1 500 o’rinli o’quv binolarida davom etayotgan jarayonlarni ko’zdan kechirishdi, jumladan, amaldagi rejalar bilan yaqindan tanishishdi.

Share:
2022-03-24 13:30:50 145