“Xitoy tilining tibbiyot terminologiyasi (jarrohlik terminlari misolida)” mavzusidagi dissertatsiya muhokamasi bo’lib o’tdi

 

Samarqand davlat chet tillar institutida talabalar, ilmiy tadqiqotchilar hamda professor-o’qituvchilar ishtirokida ko’plab seminar va treninglar o’tkazilib kelinmoqda. Ana shunday seminarlardan biri kuni kecha, 18-mart kuni institutning Sharq tillari fakultetida bo’lib o’tdi.

Unda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil/Tar.21.01 raqamli ilmiy Kengash tadqiqotchisi Lola Sultonovaning filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun 10.00.05 — Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti ixtisoslik shifri bo’yicha tayyorlangan “Xitoy tilining tibbiyot terminologiyasi (jarrohlik terminlari misolida)” mavzusidagi disserttatsiyasi bo’yicha himoya oldi seminar o’tkazildi.

Lola Sultonovaning filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “Xitoy tilining tibbiyot terminologiyasi (jarrohlik terminlari misolida)” mavzusidagi disserttatsiyasi himoyasi uchun Samarqand davlat chet tillar instituti yetakchi tashkilot sifatida belgilangan. Jarayon davomida ishtirok etgan professor-o’qituvchilar ishtirokida dissertatsiya doirasida fikr-mulohazalar almashinildi.

Share:
2022-03-24 13:42:22 141