Samarqand shahrida Navro‘z bayrami sayli tantanali ravishda nishonlandi

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng O'zbek xalqining qadimiy urf-odatlari va ana'nalari kuchga kirdi, jumladan, Navro'z bayramini nishonlash o'ziga xos tusga ega bo'ldi. Bu bayram barcha xalqlarning do'stlik va birlik ramziga ega bo'lgan umumxalq bayramdir. 

Navro‘z xalqimizning eng sevimli bayramlaridan biri hisoblanib, chin ma’noda bahor bayrami. Bunda dasturxonlar noz-nematlarga to‘lib toshadi, deyarli har bir o‘zbek xonadonida doshqozonlarda sumalak qaynaydi. Yoshlarni aytmaysizmi, qizlar sochlariga jamalak taqishadi, bolalar va yigitlar esa qo‘lga varrakni olib qir-adirlarga yugurib ketishadi.

Shu munosabat bilan Navro‘z – umumxalq bayrami munosabati bilan Samarqand shahridagi “Alisher Navoiy” istirohat bog‘i, “Moʻjiza” amfiteatri, “Qorasuv” massivi hamda Kimyogarlar (Nurafshon madaniyat saroyi) va So‘lim qo‘rg‘onida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, konsert dasturlari tashkil etiladi. Bayram nishonlanishida Samarqand davlat chet tillar institutining rektori, prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari, professor-o’qituvchilari va talabalari faol ravishda ishtirok etishdi.

Share:
2022-03-24 13:51:43 982