O‘zbekistonda italyan tilining o‘qitilishini yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi

Xabaringiz bo‘lganidek, Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim, umumta’lim hamda maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, shuningdek, xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish va hamkorlikda xorijiy til o‘qitish markazlarini tashkil etish kabilar borasida qator islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Bunga misol qilib aytishimiz mumkinki, bugun, 24-mart kuni Italiya Respublikasining Toskana viloyati ta’lim boshqarmasi, Samarqand viloyati Xalq ta’lim boshqarmasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘qitishni ommalashtirish agentligi Samarqand viloyat bo‘limi hamda Samarqand davlat chet tillar institutining rahbarlari ishtirokida onlayn uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston Respublikasida italyan tilining o‘qitilishini yo‘lga qo‘yish kabilar xususida takliflar o‘rtaga tashlandi. Shuningdek, bu borada qilinadigan ishlar, amalga oshiriladigan rejalar belgilab olindi va kelgusida Hamkorlik shartnomasini imzolashga kelishildi.

Share:
2022-03-26 08:29:14 141