Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Turkiya Respublikasi oliygohlari ham shular jumlasidandir.
Bugun, 25-mart kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Turkiya Respublikasining Gaziantep viloyati hokimligi hamda Gaziantep Universiteti rahbariyati vakillari tashrif buyurdi va institut rahbariyati vakillari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuv davomida o’zaro hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish, turk hamda o’zbek xalqlari tili, tarixi va madaniyatini o’rganish, professor-o’qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish va ularning tajribasini oshirish, hamkorlikda yangi loyihalarni joriy etish borasida fikr va takliflar almashinildi.
Uchrashuv so’ngida tomonlar o’rtasida hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish borasida va kelgusida hamkorlik aloqalari doirasida Samarqand davlat chet tillar institutida “Turk tili va adabiyoti” ta’lim yo’nalishini ochish hamda turk tilini birinchi til sifatida o’qitishni yo’lga qo’yish, gid-tarjimonlik yo’nalishida qo’shma ta’lim dasturlarini tashkil etish kabilar yuzasidan Hamkorlik shartnomasini imzolashga kelishildi.







English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
