Yil oxiriga qadar talabalar uchun qoʻshimcha 800 oʻrinli yotoqxona topshiriladi

 

Yurtimizda talaba-yoshlarning sifatli ta’lim olishlari, yuksak qobiliyat sohiblari bo‘lib yetishishlari hamda kelajakda o‘z Vataniga munosib farzand bo‘lishlari uchun davlatimiz, xususan, yurtboshimiz tomonidan salmoqli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Bu borada Samarqand davlat chet tillar institutida ham tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, avval xabar qilganimizdek, qator islohotlar, innovatsion loyihalarning amalga oshirishi bilan bir qatorda qurilish va qayta ta’mirdan chiqarish ishlari ham jadal sur'atlarda olib borilmoqda.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri oʻrinbosari Yusuf Absoatovning Samarqandga xizmat safari davomida Samarqand davlat chet tillar institutida olib borilayotgan qurilish va qayta ta’mirdan chiqarish ishlari bilan ham yaqindan tanishib o'tdi.

Bugungi kunda institutda qurilish ishlari davom etayotgan 500 o‘rinli talabalar turar joyi, 1 500 o‘rinli o‘quv binosi hamda 3 qavatli axborot resurs binolari, shuningdek, qayta ta’mirdan chiqarilayotgan 300 o‘rinli talabalar turar joyi shular jumlasidandir. Jarayon davomida rektor Ilhomjon To‘xtasinov amalga oshirilayotgan loyihalar hamda istiqboldagi rejalar xususida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.

Ma'lumot o'rnida, joriy yilning 5-mart kuni 1000 o'rinli o'quv binosi ham mukammal qayta ta'mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirilgan edi.

 

 

Share:
2022-03-28 14:04:14 143