Giyohvandlik va narkotik moddalarga qarshi kurash

Samarqand davlat chet tillar institutida “Giyohvandlik va narkotik moddalarga qarshi kurash” mavzusida institut talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvga kelgan mexmonlar Viloyat narkologiya dispanseri bo‘limi boshlig‘i R.Eshonqulov, Viloyat IIB JQB giyohvand moddalar bilan qonunga xilof ravishda muoamala qilishga qarshi kurashish bo‘limi tezkor vakili Sh.Majidov va boshqalar bo‘lishdi.

“So‘nggi yillarda xorijiy davlatlarda sintetik giyohvandlik vositalarini chekish yo‘li bilan o‘z organizmini zaxarlash keng miqiyosida yoshlar o‘rtasida avj olmoqda. Giyohvand vositalar turkumiga kiruvchi “Kuritelniye miks”, “Aroma miks,” “Spays” kabilar mavjud va bulardan saqlanishimiz kerak” — deb ta’kidlaydi, Viloyat narkologiya dispanseri bo‘limi boshlig‘i R.Eshonqulov.

Sh.Majidov aytishicha, “Giyohvandlikni davolash bilan bog‘liq barcha sarf-harajatlar uchun dunyo yalpi ichki maxshulotining 0,3-0,4%, ya’ni 200-250 mlrd AQSH dollari miqdorda mablag‘ zarur” ekan.

 

Share:
2018-11-12 18:05:00 89