Korrupsiya bu – jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir

Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti.

Shu munosabat bilan Samarqand davlat chet tillar institutida ham korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorlari ijrosi yuzasidan institutda tashkil etilgan korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bo‘lim bosh mutaxassisi F.Abdurahmonov hamda institut yuriskonsulti Sh.Toshquvvatovlar birgalikda Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetida faoliyat ko’rsatayotgan xodimlar va professor-o‘qituvchilar bilan davra suhbatini o‘tkazishdi.

Jarayon davomida O‘zbekiston Respublikasing “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5177 son Qarori, PF-6257, PF-6013 va PF-6098 son Farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining 829-son Qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 26-avgustdagi 373-son Buyrug‘i va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi 81-son Qarorlarining mazmun-mohiyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qabul qilingan amaldagi qonun va farmonlarning ijrosi yuzasidan respublikamizda, shuningdek, institutda olib borilayotgan chora-tadbirlar to’g’risida to’xtalib o’tildi. Shu bilan bir qatorda, institutda tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining maqsad va vazifalari, institutda korrupsion holatlarning oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, institut rahbariyati bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan kelgusidagi rejalar haqida ma’lumot berildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining XV-bobida keltirilgan korrupsiyaga oid 205-214 moddalari bo‘yicha jazo qo‘llanish tartiblari mavjudligi, fakultetda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning ichki tartib-qoidalari hamda lavozim yo‘riqnomalariga qat’iy rioya qilishlari, o‘z ishiga halol bo‘lgan holda korrupsion va ta’magirlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik kabilar alohida ta’kidlab o’tildi.

Share:
2022-03-29 15:13:56 154