Ertalabki badantarbiya har bir insonga foydali va uni yosh yoki jismoniy rivojlanishdan qat’inazar doimiy ravishda qilish darkor. Ertalabki badantarbiyani bolalikdan o‘zlashtirish lozim, shu bilan foydali ishga odatlaniladi, chunki badantarbiya yurak va o‘pka ishini yaxshilaydi, suyak mushak to‘qimalarini rivojlantiradi, tananing umumiy salomatligini mustahkamlaydi va irodani shakllantirib, intizomga o‘rgatadi.
Sir emaski, ertalabki oddiy badantarbiyadan so‘ng, inson kun mobaynida o‘zini tetik his qilishiga yetarli quvvat oladi – o‘zini his qilish yaxshilanadi, ertalabki badantarbiya go‘yoki tanani «silkitadi» va shunchaki ajoyib kayfiyat baxsh etadi.
Aytish joizki, Samarqand davlat chet tillar instituti talabalar turtar joyida har tong erta sahardan turib, talaba-yoshlar hamda professor-o‘qituvchilar birgalikda ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarishmoqda. Mazkur badantarbiya mashqalari har kuni muntazam davom etib kelmoqda.

.jpg)
.jpg)
.jpg)
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
