Talaba-yoshlarni ish bilan ta’minlash hamda ularga imkoniyat va qulayliklar yaratib berish, qo‘shimcha ish o‘rinlarini joriy qilish, shu bilan birga ularning tadbirkorlik sohasida faoliyat boshlashlari hamda muntazam ravishda bandligini ta’minlash borasida respublikamizda, jumladan, Samarqand davlat chet tillar institutida salmoqli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Shuningdek, institut talabalarini ish bilan ta’minlash, davlat tashkilotlarida bo‘sh ish o‘rinlarining mavjudligi borasida qator tashkilotlar, jumladan, talabalarning ota-onalari bilan hamkorlikda davra suhbati, uchrashuv va ochiq muloqot kabi tadbirlar ham muntazam tashkil etilmoqda.
Shu munosabatda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov bugun, 29-mart kuni Ingliz tili-II fakultetida tahsil oluvchi talabalarning ota-onalari bilan ochiq muloqot o’tkazdi. Muloqot davomida rektor tomonidan institutda amalga oshirilayotgan islohotlar, qurilish va qayta ta’mirdan chiqarish ishlari, xalqaro hamkorlik doirasida belgilangan vazifalar hamda amaldagi rejalar va o’quv jarayonlarining davom etish tartibi to’g’risida atroflicha ma’lumot berib o’tildi.
Shuningdek, ota-onalarga hamkorlikda ishlagan holda farzandlarining institut ichki tartib-qoidalariga amal qilishlari, o’quv jarayonlarida muntzam ishtirok etishlari, fakultetda o’zlarining faolliklarini ko’rsatgan talabalar muntazam rag’batlantirilib borilishi kabilar xususida ham tushuncha va ko’rsatmalar berildi. Jarayon so’ngida fakultetda a’lo o’qishi, xulqi, jamoat ishlarida faolligi va intizomi bilan na’muna ko’rsatgan talabalarning ota-onalari institut rahbariyati tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)


English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
