Jomboylik talabalarni ish bilan ta’minlash yuzasidan tuman hokimi talabalar bilan uchrashuv o’tkazdi

Talaba-yoshlarni ish bilan ta’minlash hamda ularga imkoniyat va qulayliklar yaratib berish, qo‘shimcha ish o‘rinlarini joriy qilish, shu bilan birga ularning tadbirkorlik sohasida faoliyat boshlashlari hamda muntazam ravishda bandligini ta’minlash borasida respublikamizda, jumladan, Samarqand davlat chet tillar institutida salmoqli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Shu munosabatda 2022-yil 30-mart kuni Jomboy tuman hokimi Qayum Sobirov hamda Samarqand davlat chet tillar institutida tahsil olayotgan jomboylik bitiruvchilar o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda Jomboy tumani Xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i Zarifa Yusupova, tuman Maktabgacha ta’lim boshqarmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i Gulzoda Eshmurodova hamda institut rahbariyati vakillari ham ishtirok etishdi.

Uchrashuvda institutda ta’lim olayotgan jomboylik talabalarni ish bilan ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan talabalarni qo‘shimcha daromad  topishlari uchun tuman tashkilotlarida mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlariga jalb etish orqali ularning bandligini ta’minlash kabilar muhokama qilindi. Shuningdek, talabalar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga tuman hokimidan atroflicha javob olishdi.

Share:
2022-03-31 15:31:36 141