Institut ma’muriyatida bo’lib o’tgan navbatdagi yig’ilishda nimalar haqida so’z bordi?

 

Samarqand davlat chet tillar institutida oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, muassasalarda o’zaro hamkorlik aloqalarini yaxshilash, ta’lim jarayonlarini sifat jihatdan rivojlantirish singari masalalar muhokamasiga qaratilgan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Shuningdek, yig’ilish davomida talabalar bandligini ta’minlash va ularning bo’sh vaqtlarini samarali tashkil qilish bo’yicha topshiriqlarning amaliy ijrosini ta’minlash, muassasalarda ilmiy va innovatsion sohalar bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yanada rivojlantirish, talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish hamda ularni qiynayotgan muammo va kamchiliklarni aniqlash va ularga yechim topish singari masalalarga alohida to’xtalib o’tildi.

Bundan tashqari, talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ma’naviy-ma’rifiy va ommaviy tadbirlardagi faol ishtirokini ta’minlash, ularni turli fan, sport va boshqa turdagi to’garaklarga qamrab olish natijasida bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish bo’yicha ham alohida vazifalar belgilab olindi.

Share:
2022-04-04 14:42:20 151