Samarqand davlat chet tillar instituti “Karyera kuni” mehnat yarmarkasiga taklif etamiz!

Joriy yilning 4 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida oliy o‘quv yurtlari talabalari bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda aynan ta’lim sohasini, inson kapitalini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani bejiz emas. Zero, mamlakat kelajagi, barcha sohalar va loyihalar muvaffaqiyati bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, o‘z sohasining ustalari bo‘lgan kadrlarga bog‘liq.

Institutda tahsil olayotgan talabalarni ishga joylashishiga koʻmaklashish va institut bitiruvchilarini ishga taqsimlash hamda ish beruvchilar va talabalar oʻrtasida muloqotni tashkil etish uchun 2022-yil 8-aprel kuni institutda “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tadbiri tashkil etilmoqda.

Institutda tayyorlanayotgan mutaxassislarga ehtiyoji bor bo‘lgan  viloyat tasarrufiidagi barcha korxona tashkilotlarni, shuningdek, tumanlardagi hokimliklar, aholini bandlikka koʻmaklashish markazi masʼul xodimlarini talabalar bilan bevosita suhbat oʻtkazish, ishga tanlab olish hamda shartnomalar rasmiylashtirish uchun 8-aprel kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha institutda oʻtkaziladigan “Karyera kuni” mehnat yarmarkasida ishtirok etishga taklif etamiz.

Share:
2022-04-06 15:12:17 238