Buyuk sarkarda Amir Temurning 686 yilligi tanatanali nishonlandi

Buyuk sarkarda Amir Temurning 686 yilligi tanatanali nishonlandi Joriy yilning 9-aprel kuni Samarqand davlat chet tillar institutida Buyuk sarkarda Amir Temurning 686 yilligi munosabati bilan ko‘tarinki ruhda katta tadbir tashkil etildi. Tadbirni institut rektori I.Tuxtasinov kirish so‘zi bilan ochib berdi va Amir Temurning yurtimiz tarixida juda katta ahamiyatga egaligi hamda hayotlik vaqtida davlat boshqaruvi haqida so‘zlovchi “Temur tuzuklari” nomli maxsus asar yozilganligi, shuningdek, asar ikki qismdan iborat bo‘lib, o‘rta asrning bebaho tarixiy manbasi hisoblanishi hamda unda Temurning hayotiy voqealari bilan bog‘liq tarjimayi holi, atoqli davlat arbobi va sarkardaning harbiy san’atga bo‘lgan nuqtayi nazari, davlat tuzilishi va boshqaruvi kabilar bayon qilinganligi to‘g‘risida alohida ta’kidlab o‘tdi. Tadbir davomida institut talabalari tomonidan tashkil etilgan sahna ko‘rinishlari, raqs hamda qo‘shiqlar ijro etildi. Jumladan, tadbirning tashkil etilishida yaqindan yordam bergan o‘qituvchi hamda talabalar tashakkurnoma va kitoblar bilan institut rahbariyati tomonidan taqdirlanishdi. Shuningdek, Samarqand davlat chet tillar institutida Sohibqiron Amir Temur bobomiz tavalludining 686-yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan “Kurash” musoboqasida g’olib bo’lganlar ham qimmatbaho sovg’alar va diplomlar bilan taqdirlanishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-04-10 18:25:34 180