
Joriy yilning 11-aprel kuni viloyat Matbuot uyida Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari X.Ochilov ishtirokida brifing o’tkazildi. Unda viloyat Xalq ta’lim boshqarmasi, viloyat Kasbiy ta’limni rivojlantirish boshqarmasi, Samarqand davlat chet tillar institutining mutasaddilari hamda qator ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Brifingda viloyat hokimi o‘rinbosari X.Ochilov ta’lim sohasidagi yangiliklar va bajarilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berib o’tdi. Istiqboldagi rejalar va amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar ham shular jumlasidandir.
Jarayonda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.To’xtasinov ham institutda amalga oshirilayotgan tizimli ishlar, xususan, Ukrainada tahsil olayotgan o’zbekistonlik talaba-yoshlarning o’qishlarini ko’chirish borasida Samarqand viloyatida olib borilayotgan ishlar xususida to’xtalib o’tdi.


SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
