Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5843-sonli Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish uchun mas’ul hisoblanadi.
Mazkur Farmonga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga asosan viloyatdagi mavjud oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etish hamda Agentlik faoliyati bilan yaqindan tanishtirish vazifasi belgilangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib bugun, 15-aprel kuni Samarqand davlat chet tillar institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali rahbari Nazarov Xurshid Aripovich va filial bosh inspektori Axatov Foziljon Olimjonovich, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Buxoro viloyati filiali rahbari Jumayev Zafar Ikromiddinovichlar hamda institut bitiruvchilari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvni institut rektori Ilhomjon To’xtasinov Madaminovich kirish so’zi bilan ochib berdi va mehmonlarni tanishtirib o’tdi. Shuningdek, uchrashuvda bitiruvchilarni hozirgi kunda mamlakatimiz hayotida bo‘layotgan o‘zgarishlar, jumladan, bitiruvchilarni davlat tashkilotlarida bo‘sh ish o‘rinlariga ishga qabul qilish jarayoni qanday tartibda bo‘lishi va bu jarayonda inson omilining ishtirok etmasligi, har xil byurokratik illatlarga yo‘l qo‘yilmasligi, manfaatlar to‘qnashuvi bo‘lmasligi, bir so‘z bilan aytganda, ishga qabul qilish jarayonining shaffofligi to‘g‘risida so‘z yuritildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
