65-sonli umumta’lim maktabi o’quvchilari institutning faoliyati bilan to’liq tanishishdi

Joriy yilning 16-aprel kuni Samarqand shahar XTBga qarashli Shahlo Mirmuhammedova rahbarligidagi 65-sonli umumta’lim maktabining o’quvchi-yoshlari ochiq eshiklar munosabati bilan Samarqand davlat chet tillar institutida bo’ldi. Maktab o’quvchilari uchun ochiq eshiklar tadbirlarini tashkil etishdan asosiy maqsad ularni kasbga yo’naltirish, oliy ta’lim muassasalariga qiziqishini oshirish va ularning faoliyati bilan yaqindan tanishtirishdir.

Qo’shma ta’lim dasturlari fakulteti dekani Bahodir Primov jarayon davomida maktab o’qivchilariga institutdagi mavjud fakultetlar, ta’lim yo’nalishlari, o’qitiladigan xorijiy tillar hamda ta’lim shakllari to’g’risida batafsil ma’lumot berib o’tdi. Xorijning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan davom etayotgan xalqaro hamkorlik aloqalari, hozirda mavjud va kelgusida tashkil etiladigan qo’shma ta’lim dasturlari faoliyati ham shular jumlasidandir.

O’quvchilar o’quv jarayonlarini kuzatish qatorida talabalar turar joyi va unda yaratilgan sharoitlar, xususan, davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus doirasida talabalar uchun tashkil etilgan kutubxona, kompyuter xonasi hamda musiqa va san’at xonalari bilan yaqindan tanishishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-04-16 15:21:35 216