“Kelajak liderlari” saralanmoqda

Samarqand viloyati “Kelajak liderlari” klubi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshida ilk tajriba-sinov sifatida 2021-yil 9-aprel kuni tashkil etilgan bo‘lib, ushbu klubning asosiy maqsadi iqtidorli yoshlarni davlat fuqarolik xizmatiga keng jalb etish, davlat fuqarolik xizmatining jozibadorligini oshirish, ularda liderlik ko‘nikmalarini shakllantirish, nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirgan holda yoshlarni davlat fuqarolik xizmatiga tayyorlash, o‘qitish, malakasini oshirish, shuningdek, yosh iqtidorli kadrlarni seleksiya qilish, klub a’zolarini istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritish, rahbarlik lavozimlariga tavsiya etishdan iborat.

Shu maqsadda endilikda butun Respublikamiz bo‘ylab OTMlarda klubning filiallari ochilishga start berilgan. “Kelajak liderlari” klubining Samarqand davlat chet tillari instituti filialiga saralash imtihonlari 4-bosqichda olib orilib, birinchi bosqich, onlayn ro‘yxatdan o‘tish bosqichida 360 nafar talaba yoshlar klubga a’zo bo‘lish istagini bildirishgan.

Ikkinchi bosqich, test topshirish bosqichida talaba yoshlar 4 yo‘nalish: iqtisod, siyosat, ma’naviyat hamda AKT bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. Uchinchi bosqich, insho yozish bosqichi bo‘lib, 18-aprel kuni nomzodlar institutning bosh binosida “Xalqni sevadigan davlat xizmatchisi” mavzusida insho yozishdi. Oldinda, so‘nggi bosqich, suhbat  bosqichi bo‘lib, har bir bosqichda ishtirokchilar yig‘gan ballari qo‘shilib boriladi va oxirgi bosqichdan so‘ng umumiy natijalarga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan 50 nafar nomzodlar klubga qabul qilinadi. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-04-18 19:31:35 243