Samarqand davlat chet tillar institutida Ingliz tili-II fakulteti tashabbusi bilan o’tkazilgan bugungi xalqaro konferensiyada Tojikistonning Xo’jand davlat universiteti rasmiylari ham ishtirok etishdi. Jumladan, mazkur konferensiya doirasida Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Xo’jand davlat universiteti rahbariyati vakillari o’rtasida uchrashuv ham tashkil etildi.
Uchrashuv davomida ikkala oliy ta’lim muassasasi o’rtasida xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, professor-o’qituvchilar almashinuvini yo’lga qo’yish va ularning tajribasini yanada oshirish, talabalar uchun turli xil innovatsion loyihalar hamda grantlarni joriy etish kabilar yuzasidan fikr-mulohazalar almashinildi.
Ikkala oliy ta’lim muassasalari vakillari o’rtasida o’tkazilgan uchrashuv yakunida kelgusida Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Xo’jand davlat universitetlarining hamkorlik aloqalarini yangi bosqichlarda davom ettirish va uni taraqqiy ettirish borasida Memorandum imzolandi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
