Xorijiy tillarni o’qitishda ta’lim uzviyligini ta’minlash muammolari va ularning yechimlariga bag’ishlangan seminar-trening o’z ishini yakunladi

Joriy yilning 20/21 aprel kunlari Ingliz tili-II fakulteti Ingliz tili o'qitish metodikasi kafedrasi tomonidan tashkil etilgan xalqaro konferensiya doirasida “Xorijiy tillarni o’qitishda ta’lim uzviyligini ta’minlash muammolari va ularning yechimlari” mavzusiga bag’ishlangan seminar-treninglar hamda mahorat darslari bo’lib o’tdi.

Mazkur seminar-trening va mahorat darslari mahalliy hamda AQSHlik mutaxassislar tomonidan olib borildi. Seminar treninglarda viloyatda faoliyat yuritayotgan maktabgaca ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari hamda oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayorgan ingliz tili o’qituvchilari ishtirok etishdi.

Shuningdek, seminar-treninglarda Samarqand shahri, Samarqand tumani, Past Darg’om tumani, Urgut tumani, Oqdaryo tumani va Qo’shrabot tumanidagi ingliz tili o’qituvchilari orasidan saralangan mobil guruh a’zolari ham faol ishtirok etishdi.

Mashg’ulotlar jonli muloqot, zamonaviy metodlarga asoslangan, savol-javob tarzda, qiziqarli bo’lib o’tdi. Seminar-treninglar yakunida ishtirokchilar sertifikat va tashkilotchilar tomonidan sovg’alar bilan taqdirlanishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-04-21 22:04:52 207