Bugun, 23-aprel kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Kuzatuv kengashining 2-sonli yig’ilishi o’tkazildi. Yig’ilishda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri o’rinbosari, Kuzatuv kengashining raisi Rahimjon Hakimov hamda kengash a’zolari ishtirok etishdi.
Kuzatuv kengashidan so’ng Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri o’rinbosari Rahimjon Hakimov Samarqand davlat chet tillar institutining ilmiy tadqiqotchilari, magistrantlari hamda iqtidorli talabalari bilan uchrashuv o’tkazdi.
Jarayon davomida ilmiy ish bilan shug’ullanish, ilmiy daraja hamda unvonlarga erishish orqali institut reytingini ko’tarish, Scopus bazasidagi xalqaro jurnallar bilan hamkorlik qilish va ularda ilmiy maqolalarni chop ettirish kabilar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, uchrashuv so’ngida qatnashchilar vazir o’rinbosari bilan o’zlarining takliflarini o’rtoqlashishdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
