Bugungi kunda yurtimiz yoshlarining ma’naviyatini shakllantirish, dunyoqarashini kengaytirish, turli xil yot g’oyalar ta’siriga tushib qolmaslik, ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda talaba-yoshlar uchun ish o’rinlari yaratish va ularni ish bilan ta’minlash borasida hukumatimiz rahbari tomonidan qator salmoqli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Yuqoridagi ishlar samarasi o’laroq Samarqand davlat chet tillar institutida bir qancha ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, bugun, 26-aprel kuni Qo’shma ta’lim dasturlari fakultetida tahsil oluvchi talabar ishtirokida davra-suhbati tashkil etildi. Unda institutda yoshlar masalalari va ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor O.G’aybullayev, fakultet dekani B.Primov, Samarqand shahar 3-son IIB XPG profilaktika inspektori katta leytenant O.Eshmurodov hamda fakultet tyutorlari qatnashishdilar.
Jarayon doirasida talabalarga jamiyatda jinoyatchilik va korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning kelib chiqish sabablari va korrupsiya illatlari haqida ota-onalar hamda talabalarning ogoh bo’lishlari alohida ta’kidlandi. Shuningdek, bugungi kunda yurtboshimiz tomonidan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar va chiqarilayotgan qaror hamda qonunlar xususida to’xtalib o’tildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
