Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari joriy yilning 4-mart kuni oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning bandligini ta’minlash bo’yicha videoselektor o’tkazdi va unda talabalarning bandligi, ish bilan ta’minlanishi, shuningdek, qo’shimcha ish o’rinlarini yaratish bo’yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Shu munosabat bilan Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov ishtirokida institut mutasaddilari tomonidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bu haqda avval ham xabar qilgan edik. Institut mutasaddilari Narpay Xorijiy tillar fakultetida tahsil oluvchi talabalar bilan ochiq muloqot o’tkazdi.
Unda talabalar tomonidan qilinayotgan innovatsion hamda startap loyihalarini amalga oshirishlarida institut tomonidan doim qo’llab-quvvatlanishi ta’kidlab o’tilgan holda ularga mavjud ish o’rinlarining yaratilayotganligi va hozirda bo’sh turgan ish o’rinlari borligi, shuningdek, fakultet talabalarining ishga joylashishi kabilar ma’lum qilindi. Jarayon so’ngida talabalarning takliflari tinglandi.




SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
