Xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashining 62-sessiyasi qarori asosida Sanarqand viloyati Kengashi deputatlaridan tashkil topagan ishchi guruhi aʼzosi deputat, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov Narpay tumanida sektorlar faoliyatini oʻrganish boʻyicha mas’ul etib belgilangan.
Shuningdek, jarayon davomida Ilhomjon To’xtasinov ishtirokidagi ishchi guruh “Obihayot” mahallasining har bir jihati batafsil o’rganilib chiqildi. Sektor rahbarining sektor hududidagi mahallalar aholisi bilan munosabati, mahalladagi temir daftar, xotin-qizlar daftari, yoshlar daftariga kiritilgan fuqarolar bilan muloqot qilganlik holati, mahallada qancha masofa yo‘l bor, ularning qanchasi tuproq yo‘l ekanligi, yil boshidan buyon bu ko‘chalarning qanchasiga tosh to‘kilganligi, xorijdan qaytganlarni ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha tuzilgan ro‘yxat, qilingan reja va bajarilgan ishlar tahlili kabi masalalar shular jumlasidandir.
Maktablarda o‘quv sifati, o’quvchilarning davomati hamda o‘qituvchilarning dars berish saviyasini, “Yashil hudud” dasturi bo‘yicha daraxt ko‘chatlarning maqsadli ekilishi, elektr tarmoqlari simyog‘ochlarining holati, bugungi kunda yaroqsiz holatga kelib qolgan simyog‘ochlar, hududlarda elektr transformatorlar holatini yaxshilash borasida qilinadagan ishlar ham jarayon davomida batafsil o’rganib chiqildi.








SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
