Urgutlik talabalarni ish bilan ta’minlash yuzasidan tuman hokimligi mutasaddilari talabalar bilan uchrashuv o’tkazdi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2022-yil 4-mart kuni oliy ta’lim muassasalari talabalarining ishlab daromad topishlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish masalalariga qaratilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yil 27-aprel kuni Urgut tuman hokimligi mutasaddilari hamda Samarqand davlat chet tillar institutida tahsil olayotgan urgutlik bitiruvchilar o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda Urgut tumani Xalq ta’limi bo‘limi, tuman Maktabgacha ta’lim bo’limi, tuman Bandlikka komaklashish markazi vakillari hamda institut rahbariyati vakillari ham ishtirok etishdi.

Uchrashuvda institutda ta’lim olayotgan urgutlik talabalarni ish bilan ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan talabalarni qo‘shimcha daromad  topishlari uchun tuman tashkilotlarida mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlariga jalb etish orqali ularning bandligini ta’minlash, bitiruvchilarni mutaxassisliklari bo‘yicha ish bilan ta’minlash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, uchrashuv so’ngida talabalar o’zlarining taklif va fikrlarini batafsil bayon etishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-04-27 21:40:41 181