“Samarqand kelajak javohirlari” klubining zahira kadrlari tarkibiga kiritilgan talabalarni ish bilan ta’minlash masalasi muhokama qilindi

Muhtaram yurtboshimizning joriy yil 4-mart kuni “Oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlariga bag'ishlangan  videoselektor yigʻilishi” yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan bugun, 27-aprel kuni Samarqand viloyat hokimligi tashkiliy nazorat guruhi rahbari Begzod Rahmatullayev, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov hamda institut iqtidorli bitiruvchi talabalari ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda bitiruvchi kurs talabalarini ish bilan ta’minlash, ularni viloyatda faoliyat olib borayotgan davlat idoralari hamda tashkilotlaridagi bo’sh ish o’rinlariga ishga joylashtirish, talaba-yoshlar uchun ularning takliflarini inobatga olgan holda qo’shimcha yangi ish o’rinlarini yaratish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, Samarqand viloyati hokimligi tasarrufida tashkil etilgan “Samarqand kelajak javohirlari” klubining zahira kadrlari tarkibiga kiritilgan Samarqand davlat chet tillar institutining 75 nafar bitiruvchi kurs talabalarining kelgusidagi rejalari va kelajakda qaysi soha vakili yoki qanday tizimda faoliyat olib borishlari kabilar bilan yaqindan tanishib chiqildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-04-27 22:11:50 200