Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4881-sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda Yurtboshimizning besh muhim tashabbusi doirasida yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʼnaltirilgan ikkinchi tashabbusi ijrosini taʼminlash maqsadida institut talabalari o’rtasida kurash musobaqasi tashkil etildi.
Unda har bir fakultet dekanlari “Dekan kubogi” musobaqasini o’tkazishdi va fakultetlar talabalari o’zaro bellashishdi. Musobaqada institutning 6 ta fakultetidan 100 dan ortiq talabalar ishtirok etishdi. Musobaqada har bir fakultet o’zining 60, 66, 73, 81, 90, 90+ vazn toifasidan I II III o’rinni qo’lga kiritgan sovrindor talabalarini ajratib olishdi. Endilikda talabalar may oyida bo’lib o’tadigan “Rektor kubogi” musobaqasiga tayyorgarlik ko’rishadi.



SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
