Professor-o’qituvchilar tomonidan “Ezgulik sari yo’l” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Samarqand tumanidagi “Yangi hayot” mahallasi va Samarqand davlat chet tillar instituti o’rtasida hamkorlik aloqalari muntazam amalga oshirilib kelinmoqda. Shu munosabatda Ingliz tili I fakultetining “Ingliz tili oʼqitish metodikasi va amaliyoti” hamda “Ingliz tili va adabiyoti”  kafedralari professor-o‘qituvchilari birgalikda mahalla faoliyatini rivojlantirishga hissa qo’shish maqsadida “Yashil makon” dasturi doirasida 50 tup turli xil mevali daraxt ko’chatlarini ekishdi.

Jarayon davomida “Ezgulik sari yo’l” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir ham tashkil etildi va mahallada yashovchi “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo’qotgan oilalar holidan xabar olindi, shuningdek, ularga  Ramazon ayyomi munosabati bilan oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi.

Alohida ta’kidlash joiz, mahalla yoshlarining bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida mahallada ingliz tilini o’qitish kurslari ham joriy etilgan bo’lib, unda “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo’qotgan oilalar farzandlariga muntazam bepul darslar tashkil etilib kelinmoqda.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-04-28 20:31:28 333