Bu xususida Samarqand viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasida tashkil etilgan matbuot anjumanida Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov batafsil ma’lumot berib o’tdi.
Jumladan, institutda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy ma’lumot olish imkoniyatini yaratish maqsadida 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab kechki ta’lim shaklida o‘qitish joriy etildi. Dastavval, institutda kechki ta’lim shakli bo‘yicha 1 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi, ya’ni 5111400-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishiga 50 ta qabul kvotasi ajratildi.
Yoshlarga ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy ma’lumot olish imkoniyatini yanada kengaytirish maqsadida 2019-2020 o‘quv yilida 2 ta ta’lim yo‘nalishi, ya’ni 5111400-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishiga 50 ta, 5111200-Maktabgacha va boshlangʻich ta’limda xorijiy til (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishiga esa 40 ta, jami 90 ta qabul kvotasi ajratildi.
Viloyatda maktabgacha va xalq ta’limi sohalarida xorijiy til mutaxassislariga bo‘lgan o‘tkir ehtiyojni hisobga olib, 2020-2021 o‘quv yilida har ikkala ta’lim yo‘nalishiga qabul kvotalari oshirildi. Jumladan, 5111400-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishiga 200 ta, 5111200-Maktabgacha va boshlangʻich ta’limda xorijiy til (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishiga 50 ta, jami 250 ta qabul kvotasi ajratildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-son qaroriga muvofiq 2021-2022 o‘quv yilida xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalariga qabul parametrlari ikki baravarga, davlat granti asosida qabul ko‘rsatkichlari esa uch baravarga oshirildi. Natijada, 60111800-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishiga 400 ta, 60112600-Maktabgacha va boshlangʻich ta’limda xorijiy til (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishiga 100 taga oshirildi.
Bundan tashqari mazkur o‘quv yilida 60230100-Filologiya va tillarni oʻqitish (ingliz, nemis, fransuz tillari) ta’lim yo‘nalishlari ochilib, har bir ta’lim yo‘nalishiga 25 tadan, jami 75 ta qabul kvotasi ajratildi va institut bo‘yicha kechki ta’lim shaklida qabul kvotasi jami 575 taga yetkazildi.
Bugungi kunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kechki ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalar soni quyidagicha:
60111800-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishida – 1322 nafar;
60112600-Maktabgacha va boshlangʻich ta’limda xorijiy til (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishida – 280 nafar;
60230100-Filologiya va tillarni oʻqitish (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishida – 311 nafar;
60230100-Filologiya va tillarni oʻqitish (nemis tili) ta’lim yo‘nalishida – 24 nafar;
60230100-Filologiya va tillarni oʻqitish (fransuz tili) ta’lim yo‘nalishida – 4 nafar;
Institut bo‘yicha jami – 1941 nafarni tashkil etmoqda.
Kechki ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalar ishlab chiqarishdan ajralmagan holda viloyatdagi turli tashkilot va muassasalarda mehnat faoliyatini olib bormoqda.
Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasasi hisoblanganligi va institutda xorijiy tillar o‘rgatilayotganligi sababli institutda ta’limning sirtqi va masofaviy shakllarini tatbiq etish maqsadga muvofiq emas. Institutda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy ma’lumot olish imkoniyatini yanada kengaytirish maqsadida faqat bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’limning kechki shakli joriy etilgan. Kelgusida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ham ta’limning kechki shaklini joriy etish maqsadida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan tizimli rejalarni ishlab chiqilmoqda.
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
