Xabaringiz bor, 2021-yil 19-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga muvofiq, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi tartibi joriy etildi. Bunda, filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, nofilologik yo‘nalishlari bo‘yicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etilishi nazarda tutilgan.
Mazkur tartibga ko‘ra, barcha institut magistraturasi va doktoranturasida o‘qish istagida bo‘lgan talabgorlardan institut magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga tanlovlarda munosib ishtirok etish uchun hozirdanoq puxta tayyorgarlik ko‘rishlaringizni so‘raymiz.
Bir so‘z bilan aytganda, filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha magistratura va doktoranturaga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan bakalavr va magistrlardan kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, nofilologik yo‘nalishlari bo‘yicha magistratura va doktoranturaga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan bakalavr va magistrlardan esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etiladi.
Ushbu e’lonni barcha tengdoshlaringizga yetkazing va tanlovlarda ishtirok etish uchun puxta tayyorgarlik ko‘ring!
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
