“Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasi ishga taklif qiladi!
“Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasi ko‘lami va konsepsiyasi jihatidan noyob bo‘lgan, dunyoda o‘xshashi yo‘q loyihadir. Uning tarkibiga turli profildagi sakkizta mehmonxona, xalqaro kongress markazi, “Abadiy shahar” tarixiy-etnografik majmuasi, basseynlari boʻlgan akva zonalar, shuningdek, restoran va kafelar kiradi. Vazifalarning ko‘lami va rang-barangligi tufayli majmua turizm va mehmonxona biznesida o‘z rivojlanishini ko‘rayotgan va yorqin karyera qurish uchun Samarqandda ishlashga tayyor bo‘lgan har bir kishi uchun katta imkoniyatlar ochadi.
Biz bilan ishlashning afzalliklari:
Karyera istiqbollari, kasbiy malakalar olish;
Xalqaro loyihada bir nechta tillarda ishlash tajribasi;
Munosib ijtimoiy ta'minot va ish sharoitlari;
Hamfikrlar va professionallardan iborat mehmondo'st jamoa;
Xodimlar transferi, ovqatlanish, uniforma, mehmonxonada turar joy chegirmalari, korporativ tadbirlar va h.k.
“Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasining ochiq boʻsh ish oʻrinlari bilan https://job.silkroad-samarkand.com/ veb-saytida yoki +998 55 701 30 70 (dushanba-juma, soat 9:00 dan 18:00 gacha) telefon orqali tanishishingiz mumkin. O‘z rezyumelaringizni talent@silkroad-samarkand.com manziliga yuborishingiz mumkin

English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
