Turkiya bo'ylab safarning uchinchi kunida Antalya yaqinidagi Mehmet Akif Ersoy Universiteti (MAKU) ga tashrif amalga oshirildi.

Turkiya bo'ylab safarning uchinchi kunida Antalya yaqinidagi Mehmet Akif Ersoy Universiteti (MAKU) ga tashrif amalga oshirildi.

Dastlab universitet rektori Prof. Dr. Adem Korkmaz hamda universitet rahbariyati vakillari bilan nonushta davomida suhbatlashildi.

O'zaro talabalar va o'qituvchilar almashinuvi, ilmiy-amaliy seminar va konferensiyalarni tashkil etish kabi yo'nalishlarida hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, ushbu universitetning ishlab chiqarish korxonalari, sport majmuasi va kutubxonalarining ish jarayonlari bilan tanishildi.

Uchrashuv yakunida o'zaro Hamkorlik Memorandumi imzolandi.

 

Share:
2022-05-14 14:16:26 207