Xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Turkiya bo'ylab safarning uchinchi kunida Antalya yaqinidagi Mehmet Akif Ersoy Universiteti (MAKU)ga tashrif amalga oshirildi. 

Tashrif davomida universitet rektori professor Adem Korkmaz hamda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori professor Ilhomjon To'xtasinovlar o'rtasida kelgusida hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish borasida fikr-mulohazalar almashinildi.

Shuningdek, tomonlar o'rtasida o'zaro talabalar va o'qituvchilar almashinuvi, ilmiy-amaliy seminar va konferensiyalarni tashkil etish kabi yo'nalishlarida hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Jumladan, jarayon davomida ushbu universitetning ishlab chiqarish korxonalari, sport majmuasi va kutubxonalarining ish jarayonlari bilan yaqindan tanishib chiqildi. Uchrashuv yakunida tomonlar o'rtasida o'zaro hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish maqsadida Memorandum imzolandi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-05-16 08:44:42 192