Yurtimizda talaba-yoshlarning sifatli ta’lim olishlari, yuksak qobiliyat sohiblari bo’lib yetishishlari hamda kelajakda o’z Vataniga munosib farzand bo’lishlari uchun davlatimiz, xususan, yurtboshimiz tomonidan salmoqli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Bu borada Samarqand davlat chet tillar institutida ham tizimli ishlar yo’lga qo’yilgan. Jumladan, avval xabar qilganimizdek, qator islohotlar, innovatsion loyihalarning amalga oshirishi bilan bir qatorda qurilish va qayta-ta’mirdan chiqarish ishlari ham olib borilmoqda.
Bugun, 16-may kuni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan hamda hozirda mukammal qayta ta’mirdan chiqarish ishlari deyarli yakunlangan 300 o’rinli talabalar turar joyida davom etayotgan jarayon bilan yaqindan tanishdi.







SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
