500 o’rinli talabalar turar joyida ham qurilish ishlari yakunlab qoldi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida ta’lim sohasida ham ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabatda davlat-xususiy sheriklik asosida Samarqand davlat chet tillar institutining bo‘sh yer maydonida davlat-xususiy sheriklik asosida talabalar turar joyi binosini qurish, jihozlash va binodan foydalanishni tashkil etish loyihasi konsepsiyasi va loyiha baholash hujjatlari ishlab chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-son qarorining 1-bandida asosan talabalar turar joylarini barpo etish loyihalarini tadbirkorlik sub’yektining to‘liq o‘z mablag‘lari hisobidan belgilangan shartlar asosida moliyalashtirish shakli bo‘yicha Samarqand davlat chet tillar instituti hududida 500 o‘rinli talabalar turar joyini davlat-xususiy sheriklik shartlariga muvofiq tadbirkor o‘z mablag‘lari hisobidan 32,2 milliard so‘m investitsiya kiritish hisobiga qurishi va ushbu ob’yektdan foydalanish bo‘yicha loyihani tashabbus qilgan.

Mazkur loyihada talabalarning ortiqcha xarajatga olib bormaslik hamda davlat-xususiy sheriklik shartlariga muvofiq barpo etilayotgan 500 o‘rinli talabalar turar joyi quvvatining 100 foizi uchun talabalar uchun narxlarni belgilashda davlat sherigi bilan kelishilgan holda amalga oshirishga qaror qilindi. Mazkur talabalar turar joyining birinchi va ikkinchi qavatlarida oshxona, sartaroshxona, kir yuvish xizmati, trenajer zali, inovatsion markaz va boshqa xizmatlar professor-o‘qituvchi hamda ishchi xodimlarga xizmat ko‘rsatadi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-05-16 17:34:42 250