“Pedagogika va psixologiya” kafedrasining hamkorlik aloqalari

Pedagogika va psixologiya kafedrasi o'z faoliyati davomida quyidagi tashkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritib kelmoqda

1. SamDCHTI akademik litseyi

2. BuhDU "Pedagogika kafedrasi"

3. NavDPI "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi

4. QarDU "Psixologiya" kafedrasi

5. O'zDJTU " Pedagogika va psixologiya" kafedrasi

6. Toshkent viloyati XTXQT va MOX markazi "Pedagokika, psixologiya va ta'lim texnologiyalari" kafedrasi

8. Samarqand viloyati Pastdarg'om tumani XTB ga qarashli 122 maktab

Jumladan, Pedagogika va psixologiya kafedrasi institut akademik litseyida kafedra tomonidan hamkorlik aloqalariga oid bir necha ishlar amalga oshirilmoqda. Kafedra mudiri A.Saidov tomonidan belgilanib berilgan topshiriqlar akademik litseylar bo‘yicha mas'ul katta o‘qituvchisi M.H.Nurmatova tomonidan ishlab chiqilgan taqvimiy ish rejada bayon etilib, har bir professor-o‘qituvchiga vazifalar belgilab berildi. O‘quv yilining sentyabr oyida ishlab chiqilgan kafedra ish rejasiga  muvofiq seminar-trening, ochiq dars va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazilib kelinmoqda. Litseyda ma'naviy-marifiy tadbir tashkil etilib, bu tadbirada kafedra mudiri A.Saidov va kafedra o‘qituvchilari B.Aliev, Q.Esanboev, SH.Jumanovlar ishtirokida litseyda tahsil olayotgan o‘g‘il bolalarga litsey ichki tartib qoidalariga amal qilgan holda kiyinish madaniyatiga rioya etishga oid tavsiyalar berildi. Shuningdek, Kafedra professor-o'qituvchilaridan M.Nurmatova,  S.SHodieva, F.Po‘latova, D.Alimdjanova, X.Nuriddinova, N.Karimova, B.Normo‘minovlar o‘zlarining kelajakdagi hamkorlik aloqalarini keng miqyosda tashkil etish haqida fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi. Bundan tashqari,  B.Normo‘minov va M.Nurmatovalar tamonidan “O‘smirlik va o‘spirinlik davrining psixologik jihatlari” mavzusida kichik davra suhbatini tashkil etildi va o‘quvchilar tomonidan berilga savollarga javob berildi.  Kafedra o'qituvchilari O.Yadgarova va Sh, Mardiyevalar tomonidan "Maqsadga erishishda motivatsiyaning o'rni" mavzusida psixologik trening o'tkazildi. Bu treningt orqali litsey o'quvchilariga maqsadga ershishda motiv va motivatsiyaning ahamiyati tushuntirilib berish bilan birgalikda mavzu bo'yicha turli psixologik mashg'ulotlar o'quvchilar ishtirokida o'tkazildi. Treningga taklif etilgan institutimiz faol  talalabalari bilan birgalikda litsey faol talabalari ham maqsadlari yo'lida motivatsiyaning nechog'li ahamiyati kattaligini o'z tajribalari asosida to'lqinlanib  aytib berishdi. Yoshlar tamonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi

Shuningdek, SamDCHTI "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi va Samarqand viloyati Pastdarg'om tumani  XTB qarashli 122-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'rtasida hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yilgan. Кафедра профессор-o'qituvchilari tomonidan maktabga o'quv, o'quv-uslubiy va ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha kerakli amaliy yordamlar amalga oshirib kelinmoqda.  Maktabda kafedra mudiri A.Saidov  va o'qituvchilar B.Normo'minov, B.Aliyev.Q.Esanboyev, Sh.Jumanov, O.Yadgarova, Sh. Mardiyeva. N.Karimova, S.Najiyeva, D. Begmatova va N.Qudratovalar  tamonidan ma'navi-ma'rifiy tadbirlar,  psixologik treninglar tashkil etilib kelinmoqda. Psixologik tereninglarda maktab psixologiga maktab o'quvchilarini muammoli vaziyatlari yuzasidan amaliy yordam berildi. Shuningdek, psixologik tereninglarda maktab o'quvchilarga motivatsiya beruvchi, o'z maqsadlariga erishishga, ruhiy tushkunlikdan chiqishga yordam beruvchi psixologik mashg'ulotlar o'tkazildi va bu mashg'ulotlarga o'quvchilar katta qiziqish bilan ishtirok etishdilar.  Shuningdek kafedra tomonidan maktab o'quvchilariga Saidov rahbarligida  turli mavzulardagi adabiy kitoblar sov'ga tariqasida berildi va bu kitoblar o'quvchilar tamonidan katta  qiziqish bilan qabul qilindi.

 

 

 

Share:
2021-02-25 14:57:42 90