Bishkekdagi Qirg'iz-Qozoq universiteti hamda Samarqand davlat chet tillar instituti o’rtasida hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yildi

Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Qirg’iziston Respublikasi oliygohlari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.

Kuni kecha, 17-may kuni Samarqand davlat chet tillar institutida “Xorijiy tillarni o’rgatishda zamonaviy o’qitish metodikasi: muammolar va yechimlar” mavzusida o’tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda Qirg’iziston Respublikasi Bishkek viloyatida joylashgan Qirg'iz-Qozoq universiteti vakillari ham o’zlarining ilmiy ishlashi bilan ishtirok etishdi.

Jumladan, anjuman so’ngida Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Bishkekdagi Qirg'iz-Qozoq universiteti vakillari o’rtasida rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida ikkala oliy ta’lim muassasalari o’rtasida xalqaro hamkorlik aloqalarini o’rnatish, professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish, hamkorlikda ilmiy-amaliy konferensiyalarni tashkil etish kabi rejalar muhokama qilindi, shuningdek, ushbu rejalarni amalga oshirish borasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-05-18 20:21:25 253