Ingliz tili II fakultetida ota-onalar yig’ilishi bo’lib o’tdi

Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili II fakultetining “Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)” ta’lim yo’nalishida tahsil oluvchi talabalarning ota-onalari hamda fakultet rahbariyati vakillari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida farzandlarining yil davomida o’quv jarayonidagi ishtiroki, fan olimpiadalari, xalqaro va respublika miqiyosida o’tkazilayotgan tanlovlarda erishgan yutuqlari, egallab borayotgan bilim va ko’nikmalari kabilar muhokama qilindi. Jarayon so’ngida yutuqlarga erishgan talabalarning ota-onalari tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-05-21 16:50:09 217