Fransuz tilida sahnalashtirilgan badiiy kecha tashkil etildi

Samarqand davlat chet tillar instituti, O'zbekiston jahon tillar universiteti va Fransiyaning Versal Akademiyasi qoshidagi Ta'lim va tarbiya oliy milliy instituti hamkorligida institutda fransiyalik professor-o'qituvchlar ishtirokida "O'zbek va fransuz ertaklarini o'rganish orqali fransuz tilini o'rganish va o'rgatish" mavzusida amaliy semenar bo’lib o’tdi.

Semenar doirasida institut faollar zalida "Il était une fois.../Bir bor ekan, bir yo'q ekan... / Жили были..." mavzusida badiiy kecha tashkil etldi. Talabalar fransuz va o'zbek ertaklarini fransuz tilida sahnalashtirdi.

Shuningdek, jarayonda Samarqand shahri, Urgut, Kattaqo'rg'on va Ishtixon tumanlari maktablarida faoliyat olib borayotgan fransuz tili o'qituvchilari ham ishtirok etishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-05-27 21:37:41 295