Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Fransiya oliygohlari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.
Shu munosabatda joriy yilning 30-may kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Fransiyaning O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Oreliya Bushez ishtirokida mehmonlar tashrif buyurishdi hamda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov ishtirokidagi institut mas’ullari o’rtasida rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuv avvalida SamDCHTI rekori tomonidan institut haqida, jumladan, Samarqand davlat chet tillar institutida fransuz tili va adabiyotini o‘rganish holati, yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar, magistrantlar hamda mahalliy o‘qituvchilar to‘g‘risida ma’lumot berib o’tildi. Shuningdek, hozirgi kunda davlat oliy ta’lim muassasalarida nafaqat ingliz tilini o‘rganishga, balki fransuz, nemis va rus tillarini ham o‘qitishga alohida etibor qaratilayotganligi ta’kidlandi.
Jumladan, uchrashuv davomida turizm sohasini rivojlantirish uchun, malakali gid-tarjimonlarni tayyorlash, fransiya oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, fransiyalik mutaxassislarni o‘qituvchi sifatida o’quv jarayoniga ko‘proq jalb etish, shuningdek, fransiyalik talabalar uchun Samarqand davlat chet tillar institutida yozgi maktablar va yozgi lagerlar tashkil etish, jurnalistika yo’nalishini qo’shma ta’lim dasturi sifatida joriy qilish kabilar yuzasidan takliflar almashinildi.
Uchrashuvdan so’ng, delegatsiya ishtirokchilari institutning Roman-german tillari fakultetida “Fransuz Alyansi” hamkorligida tashkil etilgan “Fransuz tili va madaniyati” markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, markazda hamda “Fransuz tili va adabiyoti” kafedrasida faoliyat olib borayotgan professor-o’qituvchilar va talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda talabalar hayoti, ularning qiziqishlari, yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar bilan ta’minlanganlik holati kabilar borasida suhbatlashildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
