O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 824-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2021-yilning 16-iyun kuni “Oliy ta’lim sohasidagi islohotlar natijadorligi hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Samarqand davlat chet tillar instituti professor-o'qituvchilari xorijning nufuzli universitetlarga stajirovka o'tash uchun yuborilib kelinmoqda.
Jumladan, joriy yilning iyun oyida Buyuk Britaniyaning Aston universitetida ilmiy stajirovka o'tash maqsadida institutning 4 nafar o'qituvchisi xorij safariga yuborilmoqda. Stajirovkaga yuboriladigan o'qituvchilar xorij safari oldidan institut rektori Ilhomjon To'xtasinov qabulida bo'lishdi. Stajirovka maqsadi va vazifalari belgilab olindi, o'qituvchilarga ilmiy stajirovka davomida bajarilishi lozim bo'lgan topshiriqlar berildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
