Indoneziyaning O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi va Samarqand davlat chet tillar instituti rektori o’rtasida rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi

Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Indoneziya oliygohlari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.

Shu munosabatda joriy yilning 1-iyun kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Indoneziyaning O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Sunaryo Kartadinata ishtirokida mehmonlar tashrif buyurishdi hamda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov ishtirokidagi institut mas’ullari o’rtasida rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi.

Rasmiy uchrashuv davomida tomonlar o’rtasidagi mavjud hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va rivojlantirish masalalarini muhokama qilish bilan bir qatorda Samarqand davlat chet tillar institutida indonez tilini ikkinchi til sifatida o’qitishni qayta yo’lga qo’yish hamda bu borada Indoneziyadan malakali professor-o’qituvchilarni jalb etish kabi masalalar muhokama qilindi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-06-01 21:12:40 265