Samarqand davlat chet tillar institutida yakuniy davlat attestatsiya sinovlari o’tkazilmoqda

Xabaringiz bor, Samarqand davlat chet tillar institutida yakuniy davlat attestatsiya sinovlari, bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyasi himoyalarining belgilangan auditoriya va muddatlarda tasdiqlangan jadval asosida o’tkazilishi to’g’risida xabar bergan edik.

Hozirda institutda yakuniy davlat attestatsiya sinovlarini o’tkazish tadbirlari davom etmoqda. Jarayon boshlanishidan oldin institut rektori hamda komissiya a’zolari bitiruvchi talabalar bilan uchrashishdi hamda ularga yakuniy davlat attestatsiya sinovlarini muvaffaqiyatlari o’tkazishida omad yor bo’lishi aytib o’tishdi.

Guvohi bo’lganingizdek, jarayon shaffofligini ta’minlash maqsadida sinovlar onlayn transilatsiya qilinmoqda. Barcha qiziquvchilar, ota-onalar va boshqalar onlayn tarzda sinov jarayonlarini kuzatishlari uchun imkoniyat yaratildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-06-03 14:00:41 247