Ingliz tili II fakultetida talabalarning an’anaviy XXVIII ilmiy amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

2022-yil 9-iyun kuni Samarqand davlat chet tillari instituti Ingliz tili II fakultetida  talabalarning an’anaviy  XXVIII ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o’tdi. Konferensiyada institut rahbariyati vakillari, fakultetda tahsil oluvchi talabalar hamda professor-o’qituvchilar ishtirok etishdi.

Konferensiyada talabalar o’z maqolalari bilan chiqishlar qilishdi. Konferensiya yakunida eng yaxshi maqola va ma’ruzachilar munosib taqdirlanishdi. Mazkur anjumanga talaba va magistrlarning tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarjimashunoslikning taraqqiyoti va istiqbollari hamda chet tillarni oʼqitish metodikasiga doir maqolalari qabul qilindi va toʼplam shaklida chop etildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-06-09 17:28:32 216